Superliga 6-turidan o‘rin olgan Dinamo – Olimpik (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Qiyin uchrashuv bo‘ldi. Tayyorgarlik ko‘rdik. Terma jamoadan so‘ng, chempionatga qaytishda qiyinchiliklar tug‘iladi. Bugun, boshqa futbolchilarga ham imkon berdim. O‘ylashimcha, o‘yin bo‘yicha g‘alabaga haqli edik. Aynan shu sababli so‘nggi daqiqalarda gol kiritib, g‘olib chiqdik. Keyingi bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz. Samarqand klubiga omad tilayman. Biz yo‘limizda davom etamiz.
Bilasizlar, Osiyo kubogida Olimpikning yarim tarkibi ishtirok etdi. Kelgach, ko‘plab tadbirlarimiz bor edi. Qo‘shimchasiga, tiklanish uchun ham vaqt bo‘lmadi. Kelganimizdan keyin, 2 kun o‘tib maydonga chiqa olmasdik. Menimcha, Samarqand klubi ishqibozlari ham buni to‘g‘ri qabul qilishdi. Hozir, bir xil vaziyatda edik. Mening futblchilarim 2 kun avval Mali bilan o‘yinda ishtirok etdi. Shu sababli, boshqa futbolchilarga imkon berdik.
Olimpik kamida yil oxirigacha Superligada ishtirok etadi. Keyingi taqdirini esa vaqt ko‘rsatadi. Kelgusi Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoa bor. Ularning taqdiri qanday kechishini rahbariyat hal qiladi. Biz o‘z vazifamizni bajardik.Futbolchilarimga mavsum boshida ham taklif bo‘lgan. Ular oldiga qo‘yilgan missiyani bajardi. Shu sabab, kerak bo‘lsa qo‘yib yuboramz. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.
Afsuski, Parijga 23 ta emas, 18 ta futbolchini olib ketishga to‘g‘ri keladi. Qo‘shimchasiga, yoshi katta futbolchilardan ham tarkibga qo‘shish mumkin. Hozir barchani kuzatyapman. Tarkibni kuchaytirishimiz kerak. Barcha atletlarimiz singari eng munosiblar bilan ishtirok etmoqchiman. Bu masalani barcha to‘g‘ri qabul qilishi kerak. Oldindan nimadir deb bo‘lmaydi.