Superliga 6-turidan o‘rin olgan Dinamo – Olimpik (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Nima ham derdim, bellashuv biz uchun omadsiz ko‘rinish oldi. Ilk daqiqalardanoq noto‘g‘ri o‘ynadik. Ularga moslashishga harakat qildik. Aslida, bunday o‘yin bilan yutqazmasligimiz kerak edi, biroq qo‘pol xato sababli engildik. Har qanday, seriya bir kun kelib yakuniga etadi. Afsuski, bizni mag‘lubiyatsiz seriyamiz tugadi.
Transfer taqiqi? Menimcha bu muammo hal etiladi. To‘g‘risi, nega bizga taqiq qo‘yilganini bilmayman. Umuman olganda, bu boshqa tarix. Xabaringiz bor, bugun ikkita markaziy himoyachimiz sariq kartochkalari ko‘payib ketgani sababli uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Uchinchi markaziy himoyachimiz esa, o‘rinbosarlar o‘yinida qizil kartochka olgani sababli bugun maydonda jamoaga yordam bera olmadi. Mana nimada muammo. 3 ta markaziy himoyachimiz kartochkalar sababli mazkur qarama-qarshilikni o‘tkazib yubordi. Umid qilamanki, tarkibni yozda yanada kuchaytiramiz.
Darvozabonlar bilan hech qanday muammo yo‘q. Aslida, bizning muammo boshqa. Bugun noto‘g‘ri o‘ynadik. Aynan shu sababli muammolarga o‘ralashib qolgandek taassurot qoldirgan bo‘lishimiz mumkin. Bunga qadar 9 o‘yinda barchasini ko‘rdingiz. Biz yomon harakat qilmadik. Bu futbol. 2 ta qo‘pol xato hal qildi. Futbolni qo‘rqmasdan o‘ynash kerak. Bu jamoaviy sport turi. E’tibor qiling, biz bahs davomida nechta noaniq pas ijro etdik. Bu o‘z kuchiga ishonchsizlikdan dalolatmi deb o‘ylab qoldim.