Joriy yilning 4-aprel kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi Qizilqum hamda uning Shimoliy makedoniyalik sobiq futbolchisi Marko Simonovski o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargandi. Unga asosan Qizilqum sobiq o‘yinchisi oldidagi moliyaviy majburiyatni 45 kun muddat ichida bartaraf etishi lozim edi.
FIFA Qizilqum belgilangan muddat ichida bu masalani bajarmadi deb hisobladi hamda klubga nisbatan transfer taqiqi belgiladi.