Bilasiz, Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Superliganing eng yaxshi murabbiy, futbolchisi hamda eng chiroyli gol muallifini aniqlab keladi.
Ortda qolgan may oyida Superligada 5 ta tur bahslari hamda O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘yin bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvlar davomida bir qator futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishdi.
Superliga. May oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar
Dostonbek Hamdamov (Paxtakor) – 6 o‘yin, 3 gol, 3 assist
Lyupcho Doriyev (So‘g‘diyona) – 5 o‘yin, 7 gol
Abduvohid Ne’matov (Nasaf) – 6 o‘yin, 3 quruq uchrashuv
Akmal Mozgovoy (Nasaf) – 6 o‘yin, 2 gol
Dragan Cheran (Paxtakor) – 6 o‘yin, 4 gol, 1 assist
Ali Abdurahmonov (OKMK) – 5 o‘yin, 3 gol.
Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida musobaqalarni bevosita sharhlab borayotgan, tahlil qilayotgan, mutaxassis sifatida kuzatayotgan va albatta biror klubda faoliyat olib bormayotgan neytral shaxslar ishtirok etadi.