Superliga 10-turidan o‘rin olgan Andijon – Paxtakor (0:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyaeov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Paxtakorni gʻalaba bilan tabriklayman. Ular bizdan ustun kelishdi. Uchrashuv haqida nima deyishim mumkin? Oʻyinni bunday start bilan boshlamasligimiz kerak edi. Tezkor gol oʻyinning borishiga taʼsirini koʻrsatdi. Bir qator imkoniyatlarga ega boʻldik. Ayrim vaziyatlarda raqib posboni yaxshi harakat qildi. Toʻp darvozaga kirishni istamadi. Birinchi taymda oʻrtadagi noaniq harakatlar salbiy natijaga zamin boʻldi.
Jamoamiz muxlislari yetakchilardan biri. Maydonda doim 12-oʻyinchiga aylanadilar. Biz buni qalban his qilib turamiz. Har safar maydonga ularni xursand qilish uchun tushamiz. Biroq doim ham oʻylaganlarimiz amalga oshavermaydi. Ularni stadionda yaratayotgan muhiti nihoyatda yoqimli. Bunday muhitda toʻp surish har qanday jamoa uchun foydali. Bizning ishqibozlarimiz eng zoʻri. Ular gʻalaba qozonishimiz uchun toʻxtamasdan harakat qilishayotganini bilamiz. Jamoamizda ishqibozlar bilan yaxshi ish olib boriladi.
Toʻgʻri, uchta gol oʻtkazdik. Biroq bular oʻta qoʻpol xatolardan keyin urildi, deb oʻylamayman. Faqat himoyachilarnigina xato qildi, deb ayta olmayman. Bu ayb butun jamoaniki. Paxtakorning oʻyinlarini kuzatib, oʻrganib chiqqandik. Qarshi hujumlarda gollar oʻtkazdik. Uchinchi gol himoyachini aybi bilan boʻldi. Bu yerda rotatsiya qilish imkoniyati yoʻq edi.
Agar men oʻyinlarni kuzatish uchun stadionga kelmayotgan boʻlsam, bu yoshlar uchrashuvlarini nazorat qilmayapman degani emas. U yerda kimlar oʻynayotganini yaxshi bilaman. Imkoniyatlarimiz xususida toʻliq maʼlumotga egaman. Yordamchilarim oʻyinlarni kuzatishyapti va menga qoʻshimcha maʼlumotlarni aytib turadilar.
Samiyev oʻtgan oʻyinda jarohat oldi. Keyin Tojikiston terma jamoasiga chaqirildi. Ular chaqirishdi va tibbiy nazoratdan oʻtishini taʼkidladilar. Shu bois terma jamoa ixtiyoriga ketgan. U yerdan qaytgach, oʻylaymanki hammasi yaxshi boʻladi