Superliga 10-turidan o‘rin olgan Andijon – Paxtakor (0:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Andijonda har qanday jamoa uchun oʻynash ogʻir. Ayniqsa, bunday muxlislar qarshisida toʻp surish istalgan raqibga qiyinchiliklar tugʻdiradi. Bugun ishqibozlar stadionda ajoyib bayram kayfiyatini tashkil qildilar. Oʻyin toʻgʻrisida nima deyishim mumkin? Qiyin boʻlishini bilardik. Mana shu uchrashuvda gʻalaba qozonganimiz uchun oʻyinchilarimdan juda xursandman. Hattoki, uch kun avval Superkubokda magʻlubiyatga uchraganimizga qaramasdan kerakli natijaga erisha oldik. Oʻsha oʻyindan keyingi xissiyotlarimiz yaxshi emasdi. Lekin biz tiklanish jarayonini yaxshi oʻtkazdik. Bugun kerakli natijani qoʻlga kiritdik.
Men yuqorida muxlislar haqida aytib oʻtdim. Biz Andijon muxlislarini yaxshi bilamiz. Bu birinchisi emas, ularning qanday qoʻllab-quvvatlashlarini avval ham koʻrganman. Bunday muxlislik nafaqat futbol uchun, balki futbolni rivojlantirishga va taraqqiy etishiga ham yordam beradi. Biz muxlislar uchun oʻynaymiz. Mana shunday ishqibozlar koʻpaysa va rivojlansa futbol yanada oʻsadi. Ular stadionga kelib, oʻz jamoasini olqishlab tursa albatta har qanday jamoa shunga yarasha gʻalaba qozonsa, hammasi yaxshi boʻladi. Lekin buning uchun muhit, infratuzilma ham shunga yarasha boʻlishi kerak, deb oʻylayman. Bugungi kunda futbolga oilasi, farzandlari bilan kelishadi, ishdan keyin. Futbol koʻradi, klubiga ishqibozlik qilishadi. Yetarlicha energiya oladi va bu energiyadan soʻng muxlislar uyiga yaxshi kayfiyatda qaytishadi. Jamoalar ham xuddi andijonlik ishqibozlar kabi shunga yarasha harakat qilishi kerak. Biz ham bu borada ishlayapmiz. Oʻylaymanki, yaqin vaqtlar ichida bizda ham stadionlar toʻlib, mana shunday muhit boʻladi.
Startni yomon boshlagandirmiz, ammo hammasi oʻz oʻrniga tushyapti. Jamoani yoshartiryapmiz. Eski tarkibdan 4 futbolchi qolgandi va bizga oson boʻlmadi. Boshida yoshlar bilan ishlash qiyinroq kechdi. Mana, asta-sekin yoshlar bilan oʻz oʻyinimizni topib boryapmiz.