Superliga 10-turidan o‘rin olgan Bunyodkor – Neftchi (0:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Ilyos Zeytullayev o‘z fikrlarin bildirib o‘tdi.
Usmonali ayni damda jamoaga katta yordam bermoqda. Uni tezligidan kelib chiqib uni ushbu pozitsiyada o‘ynatishga qaror qildik. U yomon o‘ynamadi, agar u vaziyatlardan foydalana olganida hozir uni maqtayotgan bo‘lar edik. Birinchi bo‘limda ikkita gol o‘tkazib yubordik. Ushbu holat jamoaga salbiy ta’sir qildi.
3:0 hisobida mag‘lub bo‘lganimizdan so‘ng qanday qilib ijobiy jihatlar haqida gapirishim mumkin. Biz uchun og‘ir holat. Birinchi bo‘limda yomon o‘ynamadik. Ikkinchi taymda ham ancha dadil edik. Raqibimiz juda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Bugungi mag‘lubiyatni o‘z bo‘ynimga olaman. Jamoam bugun bunday tarzda mag‘lub bo‘lishga loyiq emas edi. Jamoamga hech qanday e’tirozim yo‘q.
Tanaffus biz uchun juda muhim. Futbolchilarning jismoniy holati ancha o‘sdi. Jismoniy holatni yaxshilash bo‘yicha Italiyadan mutaxassis yo‘lladik. U jamoaga yordam beradi. Futbolchilarning holatini tekshirib olishimiz kerak. Vaziyatga real qarashimiz kerak. Bunyodkor ayni damda ligada jon saqlab qolish uchun qurashmoqda. Joriy mavsumdagi asosiy maqsadimiz shu.