Fevzi Davletov: Uchrashuvga tayyorlanishga vaqtimiz kamroq bo’lgan edi

Superliga 10-turidan o‘rin olgan Surxon – So‘g‘diyona (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Yaxshi o‘yin, yaxshi raqib. Lokomotivga qarshi bahsda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ygan edik. Shu sababli bu bellashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga intildik. To‘pni nazorat qilib, hujumlarni zarba bilan yakunlashni maqsad qilgan edik. O‘ylaymanki, yigitlar buni uddalay olishdi.

Lokomotiv bilan bellashuvda 14 ta xatoni tahlil qildik. Bugungi uchrashuvning 30-daqiqasida ham bunday xatolar qildik. Raqib ham bugun yaxshi o'ynadi. SHuningdek, uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish uchun bir kun kamroq vaqtimiz bor edi.

Doriyev qaysi futbolchimizning zonasida paydo bo'lsa, o'sha futbolchi unga qarshi o'ynashi kerakligini aytgandim. Qo'shimcha reja va personal himoya bo'yicha hech qanday rejamiz yo'q edi. Kim unga yaqinroq bo'lsa, o'sha futbolchi uni yopishi kerak. Biz o'zimizning o'yinmizni yaxshilashimiz kerak. Raqib futbolchilari haqida o'ylashga vaqt yo'q.

mib
uzcard
cola
apex
bmb