Penaltilar seriyasi Nasaf tarixida ilk marta sodir bo'ldi, menimcha. Bu o'yinga o'ziga yarasha ko'rk berdi. O'ylaymanki, muxlislar ham xursand bo'lishdi. Birinchi bo'lim oxiri va ikkinchi bo'lim boshida yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Gol o'tkazgach, jamoada ishtiyoq va xohish oshdi. Seriyada omadimiz kulib boqdi. Yigitlarga va Abduvohidga rahmat aytamiz. G'alaba bilan muxlislarni tabriklaymiz!
Bazida gol o'tkazib yuborish ham foyda beradi. Goldan keyin jamoamiz boshqacha o'ynay boshladi va o'yin sifati ham oshdi. Biz gol urmasak, penaltilar seriyasi bo'lmasligini bilardik. Ikkinchi taym o'rtasidan boshlab haqiqiy o'yinimizni namoyish eta boshladik. Biz faqat g'alabadan emas, oxirigacha kurasha olganimizdan xursandmiz.
Hozirgi futbolda natijaga erishish uchun qaerdadir to'psiz o'ynash va uni raqibga bergan holda o'yin ko'rsatish ham foyda keltiradi. Biz Paxtakor har qanday holatda ham to'pga egalik qilishini bilardik. Bu bo'yicha yigitlar bilan kelishib olgandik. Qarshi hujumlar borasida ham rejalarimiz bor edi, ammo o'xshamadi. Bir nechta o'zgarishlar qilish rejamizda bor edi.
Biz oldimizga ulkan rejalarni qo'yganimizdan keyin ozgina tizimni o'zgartirdik. Rahbariyat bizga katta talablarni qo'ydi. Yuqorida yurish, OCHLda o'ynash uchun tajribali futbolchilarga suyanishimiz kerak edi. SHuning uchun tajribali futbolchilarni jalb qildim. Biz ochko yo'qotish yoki bugungidek finallarda yutqazishga haqqimiz yo'q. SHuning uchun yosh futbolchilarni tushirib, tavakkal qila olmaymiz. Agar Muhammadiev jarohat olib qolganida SHerzod Nasrullaevni uning o'rniga qo'yardik va qanotimiz yaxshi ishlamay qolardi.
Jigauri va Marushich faollik ko'rsatmagani uchun Da Silva va Abduxoliqovga imkoniyat berdik. Yigitlarga har doim aytganmiz raqobatga jiddiy qarashlarini. Bugungi o'yindan kelib chiqib, keyingi o'yinda asosiy tarkibdan kim joy olishini o'ylab ko'ramiz.