Bugun Bunyodkor stadionida 2024-yilgi O‘zbekiston Superkubogi o‘yini bo‘lib o‘tdi. Toshkentdagi bellashuvda amaldagi chempion Paxtakor kubok sohibi Nasaf bilan kuch sinashdi.
54-daqiqada Dragan Cheran penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 80-daqiqada Sharof Muhiddinovning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng hisob tenglashdi. Shu tariqa, asosiy vaqtda kuchlar teng keldi – 1:1. Penalilar seriyasida esa qarshiliklar 4:3 hisobida raqibdan ustun kelishdi va jamoa o‘z tarixida uchinchi bor Superkubokni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Superkubogi
PAXTAKOR – NASAF 1:1 (penaltilar seriyasi 3:4)