O‘zbekiston Superkubogi-2024 o‘yini oldidan o‘tkazilgan rasmiylar ishtirokidagi matbuot anjumanida ishtirok etgan Paxtakor klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix uchrashuvga tayyorgarlik jarayoni va boshqa savollarga javob berdi.
Maksim Shatskix: Ertaga hujum qilishni yoqtiradigan ikki klub bahslashadi. Qolaversa, stadion ham ajoyib holatda. Ertaga stadionga ancha muxlis kelsa kerak. Biz esa, o‘z navbatida ularga yoqadigan futbol namoyish etishga intilamiz.
Doston Hamdamov: Jamoamiz o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi. Yaxshi va sifatli maydon. Ertaga yaxshi o‘yin ko‘rsatib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.
Diyor Xolmatov: Uchrashuvga tayyormiz. Chiroyli o‘yin ko‘rsatib kubokni yutishni istaymiz.
Maksim Shatskix: Superkubok – mavsum davomida o‘ynaladigan uchta sovrindan biri. Chempionat, kubok va Superkubok. Bu sovrinlarning ahamiyati bor. Shunchaki, oddiy bir bahsdek qaramayapmiz. Yutishni istaymiz. Bunyodkor stadionida hali faoliyatida futbol o‘ynamagan o‘yinchilarimiz bor. Ular uchun ham juda muhim bahs va bu ular uchun birinchi sovrin bo‘lishi mumkin. Borimizni beramiz va sovrinni yutishga harakat qilamiz. Umid qilamanki, ertaga stadionda muxlislarimiz bizni yolg‘izlatib qo‘yishmaydi.
Tarix bilan yashamaymiz. Ertaga yangi kun va yangi o‘yin. Raqib bilan oldingi o‘yinlardagi statistika xatto esimda ham yo‘q. Bu borada umuman o‘ylamayapmiz. Ertaga faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz.
Agar Nasafda muammolar bor deyilsa, unda men o‘z muammolarimiz haqida gapirmay qo‘yaqolay. Biz mavsum boshidan buyon muammolar bilan kurashayapmiz. Agar, biz o‘yinlar davomida yaratayotgan vaziyatlarimizni ko‘rsangiz buni tushunishingiz mumkin. Agar biz ushbu vaziyatlarning yarmidan foydalana olganimizda peshqadam bo‘lardik. Mana, yonimda o‘tirgan Doston Hamdamov to‘purar bo‘lardi. Chunki u yaratilayotgan vaziyatlar bo‘yicha chempion.
Darvozada kim turishini ertaga bilib olasiz. Yaxshi tayyorlandik, futbolchilar qanday raqib bilan o‘ynayotganini biladi. Yoshlarga ko‘p umid bildiryapmiz. Albatta, yoshlar baraqaror o‘ynashmaydi. Bu barcha yoshlarda muammo. Ular ham o‘yin darajasini his qilishyapti.
Doston Hamdamov: Yosh futbolchilarimiz ham o‘yin ahamiyatini bilib turishibdi. Men ham yosh bo‘lganman. Menda ham shunday hayajon bo‘lgan. Umid qilamanki, jamoadagi yosh futbolchilar ertaga maydonda borlarini berib o‘ynashadi. Bu final kabi bitta o‘yin holos. Buni barcha bilib turibdi.
Maksim Shatskix: Doston Hamdamov oson gol urgisi kelmaydi. Doim qiyin yo‘lini tanlaydi. Aytganimdek, Doston yaratgan epizodlar bo‘yicha chempion. Faqat barchasidan foydalana olmayapti. Umid qilamanki, bu vaqtincha.
Diyor Holmatov: Albatta, uchrashuvlar chog‘ida barchasi ham siz istagan tarzda amalga oshmaydi. Mashg‘ulotlar chog‘ida murabbiylar ko‘rsatmalarini bajarishga harakat qilaman. O‘yinlar paytida nimanidir noto‘g‘ri bajarsam albatta murabbiyning gaplarini eshitaman. Uning menga berayotgan ko‘rsatmalarini eshitib ularni to‘g‘ri bajarishga intilaman.
Maksim Shatskix: Ertaga umid qilamanki stadionga ancha muxlislar keladi. Vaqt ajratib, oilasi bilan kelib jamoalarni qo‘llab-quvvatlab turishadi. Biz esa, ularga yoqadigan, ularni xursand qiladigan o‘yin namoyish etishga harakat qilamiz.