Yorqin Nazarov: Mashg‘ulotlarga o‘zgartirish kiritdik

Superligada 9-turidan o‘rin olgan Lokomotiv – Surxon (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Jonli o‘yin guvohi bo‘ldik. Bunday uchrashuvlar ko‘payaversin. Birinchi bo‘limda to‘p o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng oldinga chiqishga majbur edik. O‘ylashimcha, bizda ko‘proq imkoniyat bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, durang adolatli bo‘ldi, deb hisoblayman.

Surxon bilan hayotim chambarchas bog‘liq. Birodar Abduraimov jamoaga taklif qilganida bir muddat Termiz klubida to‘p tepdim. O‘sha jamoa ham yaxshi edi. Keyinchalik murabbiy bo‘lib ishlaganimda ham vazifani uddalagan edik. Direktor bo‘lib faoliyat yuritganimda esa yoshlarni tarbiyalashni maqsad qilgan edik. Termizdagi musobaqada Asilbek Jumayev va yana bir necha yosh futbolchilarni kashf qilgan va ularni jamoaga taklif qilgan edik. Umuman olganda, Surxondaryoda iqtidorlar ko‘p.

O‘tgan bellashuvlarga qaraganda bugungi bahsga boshqacha tayyorgarlik ko‘rdik. Bunyodkor bilan bellashuvdan so‘ng bizda tayyorgarlik uchun 4 kun vaqt bor edi. Mashg‘ulotlar jarayoniga kichik o‘zgartirishlar kiritdik. Balki, shu sababdir. Ikkinchi bo‘limdagi o‘yinimizni butun mavsum davomida ko‘rsatishga intilamiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb