Qo‘mita Paxtakor-79 futbolchilari boshqa jamoalarga o‘tishi uchun ruxsat berdi

Avvalroq Liga Paxtakor-79 futbol jamoasini Birinchi ligadan chetlashtirilgani xabar qilingandi. 

O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi Paxtakor-79 futbolchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilib, Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitaga ariza kiritgandi. O‘tgan hafta yakunida qo‘mita ishni o‘rganib chiqib, Paxtakor-79 futbolchilarining klub bilan tuzgan mehnat shartnomalarini bir taraflama bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qildi. 

Mazkur qaror Paxtakor-79 futbolchilariga istalgan boshqa klubi bilan shartnoma tuzish huquqini beradi. O‘z navbatida Liga qaror asosida yangi mehnat shartnomalarini transfer oynasidan tashqari vaqtda ro‘yxatdan o‘tkazadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb