Superliga 9-turidan o‘rin olgan Nasaf – Dinamo (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Mezbonlar dastlabki daqiqalardanoq 10 kishi bo‘lib qolishdi. Afsuski, biz bundan foydala olmadik va darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Keyin esa javob golini kirita oldik. Biroq yana durang o‘ynadik. Umuman olganda, murabbiylar uchun qiyin uchrashuv bo‘ldi.
Raqib 10 kishi bo‘lib qolganini inobatga olgan holda biz ochko yo‘qotdik, deb hisoblayman. Xokkeyda 2 daqiqada son jihatdagi ustunlikdan foydalanish mumkin. Bugun biz bir yarim soat davomida bundan foydalana olmadik.