Jamshid Saidov: Markaziy himoyachilarimizning harakatlaridan noroziman

Superliga 9-turidan o‘rin olgan Paxtakor – Qizilqum (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik va hisobda oldinga olib chiqdik. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar maydonda 10 kishi bo‘lib qoldi. Ammo biz son jihatdagi ustunlikdan foydalana olmadik.

Ikkinchi taymda ochiq futbol bo‘ldi va qarshi hujumdan sherlar foydalanib ketishlari ham mumkin edi. Shu sababli biz bosim qila olmadik va men bundan biroz noroziman. Ammo, bu futbol. Ba’zan 10 kishi bo‘lgan jamoa ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishi mumkin. Bugun ikkinchi taymda mezbonlar yaxshi harakat qildi. Cheran bugun jamoani har jabhada oldinga boshladi. Biz uning nimalarga qodir ekanini bilardik. Umuman olganda, vaziyatlar bo‘ldi, so‘nggi zarbalarda aniqlik yetishmadi.

Bugun Shulaya diskvalifikatsiya sabab bizga yordam bera olmadi. Ushbu bahsda uning bizga ko‘p foydasi tekkan bo‘lardi.

Ayrim vaziyatlardagi harakatlari uchun markaziy himoyachilardan noroziman. Ularning xatolari sababli bugun Cheranning o‘zida ikkita golli vaziyat yuzaga keldi. Paxtakorning o‘yinida Dragan va Hamdamov katta hajmda ish qilmoqda. Jamoada avlodlar almashinuvi ro‘y bermoqda, biroq o‘ylashimcha, sherlar o‘yindan o‘yinga qo‘shib borishadi va ularni kurashdan chiqarishga hali erta.

mib
uzcard
cola
apex
bmb