Timur Kapadze: Ayrim futbolchilar yozda Olimpikni tark etishi mumkin

Superliga 9-turidan o‘rin olgan Olimpik – Andijon bahsidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Andijon hozir ajoyib formada, yaxshi oʻyin koʻrsatyapti. Ayniqsa, bu yil jamoa ancha kuchaydi. Ijobiy natijalarga erishyapti. Shuning uchun qiyin uchrashuv boʻlishini kutdik. Raqibni oʻrganib chiqdik. Ikkala jamoa ham yaxshi oʻyin namoyish etdi. Durang adolatli boʻldi. Biz ularga deyarli imkoniyat bermaslika harakat qildik, ular ham bizga toʻsqinlik qilishdi. Balki ikkala jamoada bir-ikkita imkoniyat boʻlgandir. Umuman olganda, durang adolatli.

Kim ketadi, kim qoladi, buni vaqt koʻrsatadi. Bunga qaramayapmiz. Oldimizda olimpiada turibdi, jamoani shunga tayyorlaymiz. Tarkibdagi oʻzgarishlar jarohat bilan bogʻliq. Ikkala darvozabonimiz – Hamid va Shukron ham jarohatda. Oʻtgan safar va bugun ham Edem maydonga tushdi. Yomon emas, yaxshi. Imkoniyat beryapmiz va bundan foydalanyapti. Toirovga kelsak, oʻtgan safar markaziy himoyachimiz jarohat oldi. Bizda jarohatdagi futbolchilarimiz koʻp. Toirov esa avval jarohatda edi, endi safga qaytdi. Mamasidiqov ham tarkibga qaytyapti, keyingi uchrashuvdan maydonga tushadi. Rotatsiya avval jarohat bilan bogʻliq, ikkinchidan hammasiga imkoniyat beryapmiz. Har xil jarohat bor. Futbolda baribir kurashlar boʻladi. Jiddiy jarohatlar emas. Faqat vaqt kerak. Qolgani yaxshi formada. Qoʻrqmasdan rotatsiya qilyapmiz.

Bizda doim seleksiya davom etadi. Yozda ayrim futbolchilarni ketish ehtimoli bor. Mavsum boshida kelishuv bor edi, ketayotgan joyida orqaga qaytishgan. Ularni oʻrniga boshqalarni taklif qilib, ishlashda davom etamiz.

Ularni hammasida imkoniyat bor, barchasini kuzatyapman. Nafaqat Esanov, balki Bektemir Abdumannonov ham yaxshi oʻynayapti. Himoyachi Islom Mamatkazin ham roʻyxatda bor, ularni kuzatyapmiz. Rostdan ham ular Andijonning gʻalabalariga katta hissa qoʻshishyapti. Bilasizlar, terma jamoada raqobat bor. Solishtiramiz, kim kuchliligini. Islom Mamatkazinni oldin chaqirganman, koʻrganman. Ammo oldingi Islom bilan hozirgisini farqi bor, ayni paytda ancha kuchaygan. Koʻz tegmasin, shunday davom etsin. Nafaqat olimpiya, balki kelajakda milliy terma jamoamiz uchun ham yaxshi nomzod. Bektemir va Sherzodni ham yaxshi taniyman. Jamoamda toʻp surishgan, imkoniyatlarini yaxshi bilaman. Imkoniyat boʻlsa, chaqiramiz, koʻramiz. Lekin Olimpiada uchun tarkib qisqaryapti, 18 nafar futbolchi jalb qilish kerak. Kamaytirgan holat, bosh qotyapti. Ular bilan gaplashib turamiz. Kecha mashgʻulot oldidan ham koʻrishdim. Deyarli ukalarim, desam ham boʻladi. Balki mendan nimadirlar oʻrganishgandir. Bu yigitlarga faqat omad tilayman. Kelajagi bor, ularni. Mehnat qilishda davom etishsin. Olimpiadada hech kim oldindan aniq oʻynayman deb ayta olmaydi. Kimga nasib qilsa, eng kuchlilarini olib ketamiz. Bu futbolchilar uchun barchasi oldinda. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb