Superliga 9-turidan o‘rin olgan Olimpik – Andijon bahsidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Yetarlicha kurashlarga va xissiyotlarga boy oʻyinni guvohi boʻldik. Uchrashuv davomida bir qator xavfli vaziyatlarni koʻrdik, ammo toʻp darvozaga kirmadi. 90 daqiqa mobaynida kuchli bosim ostida oʻyin boʻldi, deb aytishim mumkin. Umuman olganda, jangovar durang kuzatildi.
Albatta, muxlislarimiz faqat gʻalabani kutishayotganini bilamiz. Biz ham shunga yarasha tayyorgarlik koʻrgandik. Yana durang oʻynadik. Eʼtibor bergan boʻlsangiz, bu oʻyinda gʻalaba uchun yaxshigina harakat qildik. Olimpik jamoasini hurmat qilishimiz kerak. Asosiy tarkibi Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasini tashkil qiladigan futbolchilar. Ular Olimpiadaga yoʻllanmani qoʻlga kiritishgan. Shu sababli bu raqibni oson yutishimiz mumkin, degan fikrdan yiroqman. Olimpik ham yaxshi jamoa. Ha, gol urishimiz mumkin edi. Ishqibozlarimizni toʻgʻri tushunaman. Afsuski, oʻyin durang bilan tugadi.
Albatta, biz mart oyida mavsumni juda yaxshi boshladik, biz uchun omadli kelgandi. May oyida koʻplab ochkolarni yoʻqotdik. Magʻlubiyatga ham uchradik. Sabablar va omillar koʻp. Rotatsiya bilan bogʻliq muammolar ham boʻldi. Hujumlarda bir qator imkoniyatlardan foydalana olmadik. Hujumdagi jarayonlarda asabiy holatlar boʻldi. Futbolchilar imkon qadar harakat qilishdi. Endi keyingi uchrashuvlarda yigitlarimiz bor imkoniyatlarini ishga solib, gʻalaba qozonishga harakat qilamiz. Avval ham aytganman, bizda bir qator muammolar bor. Ayniqsa, hujumda ham. Buni tan olamiz va muammolarni bartaraf qilish ustida ish olib boryapmiz. Bu yerda yigitlar harakat qilishmayapti yoki gʻalaba uchun oʻynashmayapti, degan fikrdan yiroqman. Ular kurashishyapti, xohlashyapti. Biroq hujumdagi natija yaxshi koʻrinish olmayapti. Ochiq aytaman, hujumdagi vaziyatlarda tajriba yetishmayapti. Oʻylaymanki, vaqt oʻtishi bilan barchasi iziga tushadi.
Bir narsani tushunishingizni xohlardim, klub strategiyasi biroz oʻzgardi. Yosh va iqtidorli oʻyinchilarni jalb qilish, shu orqali jamoani shakllantirish jarayoniga oʻtganmiz. Bizga hujum chizigʻini yanada shakllantirishimiz uchun vaqt kerak. Yoshlarga oʻzlarini koʻrsatishi uchun vaqt zarur. Xebay singari boʻlishi uchun oʻylaymanki, bir qancha muddat lozim. Ochiq aytadigan boʻlsam, mavsum oldidan bizga yuqori vazifalar qoʻyilmagandi. Strategiyalar oʻzgarib boryapti. Yaxshi oʻyin tashkil qilish, yosh futbolchilarga eʼtiborni oshirish klub strategiyasining asosiy vazifalaridan biriga aylangan. Hali shunday vaqtlar keladiki, jamoa kuchli tarkibga ega boʻladi. Iqtidorli yoshlar yetishib chiqib, shakllangan jamoaga aylanadi. Ammo hozircha oʻylagan rejalarimiz u qadar amalga oshmayapti.
Buni koʻrib chiqamiz. Hozirgi vaqtda Paxtakorga qarshi boʻlajak uchrashuv haqida biror nima deya olmayman. Koʻramiz, bizda 4 ta hujumchi bor, balki 2 tasini oʻynatarmiz yoki boshqacha uslub qoʻllarmiz. Buni oʻyinga yaqin hal qilamiz. Hozir bu savolga javob berish qiyin. Samiyevning jarohati qanchalik ekanligini koʻrib chiqamiz. Shundan keyin bir fikrga kelamiz. Ikkita hujumchi bilan oʻynashimiz ham mumkin.