Superliga 9-turidan o‘rin olgan Metallurg – Navbahor (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Og‘ir uchrashuv bo‘ldi va biz shunday bo‘lishini bilardik. Metallurg so‘nggi pog‘onada borayotgan bo‘lsa-da, kuchli jamoa sanaladi. Raqib darvozasini ishg‘ol qilganimizdan so‘ng g‘alabani saqlashga harakat qildik. O‘tkazib yuborilgan goldan keyin oldinga o‘tishga o‘zimizda kuch topdik va vaziyatlar yaratdik. Afsuski, ulardan foydalana olmadik. Umuman olganda, natija adolatli bo‘ldi. Tan olish kerak, bugun g‘alaba qozonganimizda bu omaddan bo‘lardi. Afsuski, bunday bo‘lmadi. Standart vaziyatdag so‘ng darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Xulosa chiqarib, oldinga harakatlanishda davom etamiz.
Goldan so‘ng to‘pni to‘liq raqibga topshirib qo‘ydik. Biz juda yomon harakat qildik. To‘pga ega chiqqanimizda esa qiyin kombinatsiyalar qilishga intilib, uni yana yo‘qotdik. Aynan to‘p nazoratini yo‘qotganimiz eng katta xato bo‘ldi.