Ro‘ziqul Berdiyev: Jarohatlanganlar safga qaytsa, yanada kuchli bo‘lamiz

Superliga 8-turidan o‘rin olgan Surxon – Nasaf (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bugungi o‘yinda ikkinchi raqam sifatida harakat qildik. Surxon jamoasiga to‘pni berganimizga qaramay, ulardan ko‘proq vaziyat yarata oldik. Bunga o‘zingiz ham guvoh bo‘ldingiz. Qanchalik himoyaviy o‘ynagan bo‘lmaylik, bugungi asosiy maqsad — g‘alabaga erishdik. Har bir 3 ochko jamoamiz uchun muhim, shuning uchun e’tiborni g‘alabaga qaratib harakat qildik.

Bu rejamizda bor edi, desak bo‘ladi. Surxonni yaxshi bilasizlar, to‘p bilan ishlashni yaxshi ko‘radi. Shundan kelib chiqib, qarshi hujumda, ikkinchi raqam sifatida bahs olib borishni maqsad qilgandik. Va yigitlarga raqib to‘p bilan bo‘lgan paytda ularga nisbatan biroz keskinroq harakat qilib, ko‘proq to‘plarni yutib olib, qarshi hujumlarga tezroq o‘tishni uqtirgandik. Ba’zi vaziyatlarda bu ish berdi, lekin aksar hollarda himoyadan hujumga chiqishda oqsadik. Asosiysi, jarima maydonimiz atrofida Surxon jamoasiga vaziyat yaratish uchun imkon qoldirmasligimiz kerak edi. Menimcha, buni uddalay oldik, so‘nggi soniyalardagi holatni inobatga olmasak, raqiblarda darvozamiz yaqinida u qadar xavfli vaziyatlar bo‘lmadi.

Bizda hozirda biroz muammoli vaziyat kuzatilmoqda: 4 nafar himoyachimiz jarohatda, ularning ikkisi asosiy tarkib futbolchilari. Shu boisdan Mozgovoyni himoyaga tushirishga majbur bo‘lyapmiz. Bu ham, albatta, o‘yinimizga ta’sir qilyapti. Yigitlar safga qaytganda yanada kuchliroq bo‘lamiz.

Zafarmurod yaqin 10 kun ichida asosiy guruh bilan mashg‘ulotlarda qatnashmadi. Bunyodkorga qarshi bellashuvda aytgan edim, uchrashuv kuni belida og‘riq sezgan edi. Kechagina safga qaytgan edi, ammo bugun tavakkal qilishni xohlamadik.

Har qanday futbolchining o‘z pozitsiyasida to‘p tepmasligi jamoaga ta’sir qiladi. OKMKga qarshi bahsda G‘aybullayev va Davronov o‘ynaganida himoya markazida hech qanday qiyinchilik ko‘rmagan edik. Alibek safdan chiqqandan so‘ng duch kelayotgan muammolarimizni o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Kelgusi bellashuvlarda maydonda bizga yordam bera olishidan umidvormiz va bu juda ham muhim. Har bir futbolchi o‘z ampluasida harakat qilishning ilmini olgan bo‘ladi. Akmal biz talab qilayotgan yuklamalarni bajarib beryapti. Lekin unda markaziy himoyada o‘ynash ko‘nikmasi kamroq.

Ko‘nglim to‘lmaganlari zaxirada o‘tiribdi. Boshlang‘ich tarkibda Zoranning qolganlardan ko‘ra ko‘proq tegyapti.

mib
uzcard
cola
apex
bmb