O‘zbekiston Superligasi 8-turi doirasida Dinamoga qarshi durang o‘ynagan Paxtakor klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix durang haqida fikr bildirdi.
Birinchi taym bizning ssenariyimiz ostida o‘tdi. Masalani birinchi taymdayoq hal etishga yaqin edik. Ammo, vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda atayin to‘pni raqibga topshirdik. Qarshi hujumlarda o‘ynashni rejalashtirgandik. Ammo, yakunda yana durang o‘ynab ochko yo‘qotdik. Tahlil uchun sabablar yetarlicha.
Alijonovning holati ancha yaxshilashdi. Yaqin orada safga qaytishini kutyapmiz. Saitov va Merk hamon jarohatlarini davolatishmoqda. Tarkibda hali muammolarimiz yetarlicha. Chempionat hali davom etmoqda. Kim qanday pog‘onalarda bo‘lishini dekabrda ko‘ramiz. Imkoniyat barchada bir xil deya olaman. Bizda ham hali imkoniyat bor.
Xoldorxonovni aniq hujumchi demagan bo‘lardim. Uni ko‘proq yarim himoyachi deyish to‘g‘ri. Bu mening fikrim, albatta. Cheran birinchi taym hujumda o‘ynadi. Maydondagi joylashuv taktikaga bog‘liq.
Kojo hujumchi, hujumchining vazifasi esa gol urish. U bugun gol urdi, demak ishini yaxshi bajargan.