Vadim Abramov: Cheranning o‘zi emas, balki uning paslari xavfliroq

O‘zbekiston Superligasi 8-turi doirasida Paxtakor klubi bilan durang o‘ynagan Dinamo bosh murabbiyi Vadim Abramov durang haqida o‘z fikrini bildirdi.

So‘nggi o‘yinlarda negadir omad kelmayapti, ketma-ket durang o‘ynayapmiz. Bugun yana durang o‘ynab ochko yo‘qotdik. Aslida, g‘alabaga loyiqroq edik. Bugun jamoa ikki ochko yo‘qotdi.

Ulug‘bek Abdullaeyvda shamollash alomatlari borligi uchun mashg‘ulotlarga kecha qo‘shilgandi. Shuning uchun bugun o‘yinning dastlabki daqiqalarida ancha qiynaldi. Raqib futbolchilari uni bir necha marotaba aldab o‘tganini ko‘rdik. O‘zini erkin his eta olmadi. Temirovga kelsa, u o‘yinga kirishib keta olmagani uchun almashtirishga qaror qildik. Bu paytda hisobda orqada qolayotgandik va yana gol o‘tkazib yuborish havfi bo‘lgani uchun shunday qildik.

Aytganimdek, durang bizni qoniqtirmadi. Futbolchilar ham ushbu durangdan hafalar. Boisi, bugun g‘alabaga mos o‘yin ko‘rsatgandik. Navbatdagi bahslarda omad kelar.

Albatta, stadionga kelgan muxlislar qarshisida jamoa boshqacha zavq bilan o‘ynaydi. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi katta ahamiyatga ega. Agar o‘z stadionimizda o‘ynasak, boshqacharoq o‘ynashimiz mumkin edi. Bugun ham jamoani doimgidek qo‘llab turishdi.

Cheranni qo‘riqlashda biroz aqlliroq bo‘lish kerak. Bo‘ydor bo‘lgani uchun himoyachilarga ancha xavf tug‘diradi. Ammo, uning o‘zini qo‘riqlamay, balki undan keladigan to‘plarni qo‘riqlasa xafv kamroq bo‘ladi. Chunki, u boshi bilan to‘pni sherigiga qulay tashlab beradi. Biz esa shuni oldini olib, u uzatadigan paslarni bloklashimiz kerak.

mib
uzcard
cola
apex
bmb