Paxtakor-farm ishtirokidagi ikki bellashuv sanasi o‘zgardi

U17 O‘zbekiston termasiga 5 nafar futbolchisi jalb etilganidan kelib chiqib, Paxtakor-farm jamoasi Birinchi liganing 7-turidan o‘rin olgan Toshkent derbisi sanasini o‘zgartirishni so‘rab Ligaga murojaat qildi. Klubning mazkur so‘rovi qanoatlantirildi hamda Bunyodkor-farm jamoasiga qarshi bellashuv 8-iyun sanasiga ko‘chirildi. 

O‘z navbatida Birinchi liga 10-turidan o‘rin olgan Tsementchi — Paxtakor-farm o‘yini 10-iyunda emas, 11-iyunda o‘tkaziladigan bo‘ldi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb