Superliga 8-turidan o‘rin olgan OKMK – So‘g‘diyona (5:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Gollarga boy, ochiq futbol guvohi bo‘ldik. Afsuski, yakuniy natija biz uchun qoniqarli bo‘lmadi. 72 daqiqa davomida barchasi o‘z qo‘limizda edi. Afsuski, o‘yinni tashlab yubordik, tahlil qilib chiqamiz. Ochig‘i, bundan yaxshirog‘ini kutgan edim. Hisobga o‘z ta’sirini o‘tkazgan bir nechta oddiy xatolarga yo‘l qo‘ydik. So‘nggi 20 daqiqalikni juda ham bo‘sh o‘tkazdik.
Navbahorga qarshi mavsumdagi eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini o‘tkazgan edik. To‘g‘ri, natija yaxshi bo‘lmagan edik, ammo qolgan barcha jabhada raqibdan ustun bo‘lgan edik. Shu sababli, o‘tgan o‘yin bugungi bellashuvga salbiy ta’sir qildi, demagan bo‘lardim.