Superliga 8-turidan o‘rin olgan OKMK – So‘g‘diyona (5:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Ikkala jamoa ham noqulay ob-havoga qaramay, chiroyli o‘yin ko‘rsatdi. Kuchli yomg‘ir yog‘ishiga qaramay, stadionda bizni stadionda qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bugun ular zerikib qolishmadi. Kuni kecha Olmaliqda konchi va metallurglar kuni keng nishonlandi. Futbolchilar ushbu bayramga muxlislar uchun g‘alaba sovg‘a qilishdi.
Lokomotiv 3 ta markaziy himoyachi bilan harakat qildi. O‘tgan bellashuv kurashlarga va uzun paslarga boy o‘tdi. So‘g‘diyona esa kichik va o‘rta masofadagi uzatmalar bilan o‘ynaydi. Jizzaxliklar tarkibida Doriyev, Yovovich, Petkovich singari ijrochilari bor. Shu sababli ham bugun ochiq futbol guvohi bo‘ldik.
2:0 hisobida oldinda borayotganimizda juda ham oddiy to‘plar o‘tkazib yubordik. Raqib katta e’tiborni standart vaziyatlarga qaratgani sezilib turgan edi. Birinchisini qarshi hujumda, ikkinchisini burchak zarbasidan, uchinchisini esa penaltidan o‘tkazib yubordik. Futbolda bunday holatlar ham uchrab turadi. Asosiysi, bayramona kayfiyatga o‘z hissamizni qo‘sha oldik.
Bunday ob-havoda kamchiliklarni kamaytirish talab etiladi. Albatta, hamma ham xato qiladi. Shuning uchun doim takrorlab kelman, futbol – bu shaxmat emas. To‘pni qabul qilishdan oldin uni kimga uzatishni bilish lozim. Ya’ni, juda ham tez fikrlash kerak.