U23 O‘zbekiston termasining Osiyo kubogidagi ishtiroki sabab Superliganing Olimpik, Paxtakor va Nasaf klublari ishtirokidagi umumiy 4 ta o‘yini qoldirilgandi. Parij Olimpiadasida ishtirok etuvchi termaning iyun oyidagi rejalari aniq bo‘lgach, Liga taqvimni shakllantirdi.
Iyun oyida Kapadze boshqaruvidagi U23 O‘zbekiston termasi Toshkentda 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Milliy terma esa 11-iyun kuni safarda Eronga qarshi maydonga chiqadi. Shuningdek, 3-6 iyul kunlari O‘zbekiston kubogining 1/8 final bellashuvlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Superliganing qoldirilgan o‘yinlari uchun yangi sanalarni aniqlashda mana shu omillar inobatga olindi hamda 11-13 tur o‘yinlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Taqvimdagi o‘zgarishlar Liga taqvim rejasida aks etgan. Uni fayl sifatida yuklab olish imkoniyati ham mavjud.