Vesko Steshevich: O‘rinboyev shu oy oxirida umumiy mashg‘ulotlarini boshlaydi

O‘zbekiston Superligasi 8-turi doirasida safarda Andijon bilan durang o‘ynagan Metallurg klubi ustozi Vesko Steshevich durang, Davronov, jamoa o‘yinidagi o‘zgarishlar va Zabihillo O‘rinboyevning qachon maydonga qaytishi haqidagi savollarga javob berdi.

Juda jangovar bahs bo‘ldi. Birinchi taymda ikkita qulay imkoniyat bo‘lgandi. Ammo, ularni yakuniga etkazishda biroz oqsadik. Ikkinchi taymda gol urishga erishdik. Ammo, yakunda gol o‘tkazib g‘alabani boy berdik. Menimcha, durang adolatli natija bo‘ldi.

Davronovning ahvoli yaxshi. O‘yinda jarohatlangandek ko‘ringan bo‘lishi mumkin. Ammo, tez yordamga murojaat qilmadik. Kiyim almashtirish xonasida ko‘rishdik. Ahvoli yaxshi.

O‘yinimiz yaxshi tomonga o‘zgarayotgani quvontirayapti. Buni sezayapmiz. Oldingi o‘yinlarda bu allaqachon ko‘zga tashlangandi. Ammo, omad kelmayotgani uchun vaziyatlardan foydalana olmayotgan edik. Avvalgi o‘yinda, penalti urolmadik. Bugun gol kirita olgan Daler Sharipov avvalgi bahslarda vaziyatlarni golga aylantira olmayotgandi. Bugun esa, omadi keldi. Barcha futbolchilar g‘alaba uchun qattiq mehnat qilmoqdalar.

Zabihillo O‘rinboyev hozircha yakka tarzda shug‘ullanmoqda. Guruh mashg‘ulotlariga shu oyning oxirlarida qaytsa kerak. Hozircha, shifokorlar ruxsat berishmayapti. Boisi, uning jarohati ancha og‘ir va tiklanish uchun vaqt talab etiladigan jarohat edi. Shukrki, hozir uning holati ancha yaxshi. Jorjevich va Milichkovich ikkisi ham eski formasini tiklash uchun harakat qilmoqdalar. Biz ularni optimal formasiga kirishlari uchun yordam berishimiz kerak. Hozir Jorjevich va Ubaydullayev, Jorjevich va Sharipov kombinatsiyalarini o‘ynatib ko‘rayapmiz. Hozircha, aynan shu tarkibimiz bilan o‘ynashga majburmiz. Umid qilamanki, barcha o‘yinchilarimiz yaqin orada safga qaytishadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb