O‘zbekiston Superligasi 8-turi doirasida o‘z maydonida o‘z maydonida “Metallurg” bilan durang o‘ynagan “Andijon” klubi ustozi Aleksandr Xomyakov durang, raqib taktikasi, asabiy o‘yin va muxlislar haqida fikr bildirdi.
O‘yin juda asabiy o‘tdi. Muxlislarimiz oldida yana g‘alaba qozona olmadik. Bugun g‘alabaga mos o‘yin ko‘rsatmadik. Birinchi taym umuman o‘ynamadik. Ikkinchi taymda boshqacharoq o‘ynay boshladik. Harakatchanlikni oshirdik, agressivroq o‘ynay boshladik. Ammo, golga tortadigan vaziyat yaratishga raqib imkon bermadi. Barcha xududlarimizni yopib qo‘ydi. Aksiga olib, gol o‘tkazib, ishimizni yanada qiyinlashtirib qo‘ydik. Yakunda hisobni tenglashtirdik. Yana bir bora standart bizni qutqarayapti.
Raqib bizga deyarli imkon qoldirmadi. Yopiq o‘ynadi va barcha xududlarni yopib qo‘ydi. Juda mukammal va xatolarsiz himoyalanishdi. Umuman, natija o‘yinga yarasha bo‘ldi.
Turnir jadvalida yuqori pog‘onalarda borayotganimiz quvonarli, albatta. Ammo, bu faktor bizga bosim qilayotgandek. Futbolchilar juda hayajonlanishayapti shekilli. Hozirgi tarkibdagi futbolchilar sovrinli o‘rinlar uchun kurashmagan, ularda bunday tajriba yo‘qligi bilinayapti.
Aytganimdek, Metallurg bugun ajoyib himoyalandi. Bizda esa hech nima o‘xshamadi. Na zarbalar, na qisqa paslar. Raqibning himoyasini yorib o‘tolmadik. Qanot vingerlarimiz hali tajribasizroq. Ularga tayanayapmiz, ammo, ular yosh va hali bunday katta o‘yinlarda unchalik qovushib keta olishmayapti. Hali ular bizga yordam berishadi. Hozir biroz tajriba etishmayapti. Zaxira futbolchilarimizning barchasi ham o‘yinni kuchaytira olishmaydi. Zaxiramiz biz kutgan narsani bera olmayapti.
Uydagi o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz kerak. Ammo, mana uchta o‘yinda uyda g‘alabaga erisha olmayapmiz. Bu hayajon bo‘lsa kerak. Muxlislarimiz oldida, bunday atmosferada yutishimiz kerak.