Superliga 8-turidan o‘rin olgan Qizilqum – Olimpik (2:4) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin tizginini berib qo‘ydik. Olimpik qanday jamoa ekanligini yaxshi bilardik. Chetlatish o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Aynan qizil kartochkadan so‘ng uchrashuvning borishi butunlay o‘zgarib ketdi.
Fayziyevning o‘yin oldi mashg‘ulotlarda jarohat olishi rejani o‘zgartirdimi? Albatta, bu dastlabki rejaga o‘zgartirish kiritishga majbur qildi. Ammo, bu futbol. Unda shunday holatlar ham uchrab turadi. Umuman olganda, maydon ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Biz mashg‘ulotlarda umuman boshqa maydonda shug‘ullanyapmiz, o‘yinni esa butunlay boshqa maydonda o‘tkazyapmiz.
Oldinda birinchi davraning yana 5 ta bahsi kutib turibdi. Biz har bir bellashuvga g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Lobjanidzeda o‘yin amaliyoti kam ekanligi sababli vaziyatni his etishda aniqlik yetishmadi.