Sergey Chigodayev: Qizil kartochka o‘yinni o‘zgaritirib yubordi

Superliga 8-turidan o‘rin olgan Qizilqum – Olimpik (2:4) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar murabbiyi Sergey Chigodayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ikki turli taymlarga guvoh bo‘ldik. Birinchisida biz qiynaldik, ayrim futbolchilarga o‘yinga kirishib keta olishmadi. Balki, ularda xayajon bo‘lgandir. Ikkinchi bo‘limda esa ishtiyoq harakat qildik va g‘alabaga erishdik. O‘ylashimcha, bugun 3 ochkoga haqli edik.

Bosh murabbiy Fransiyadan ertaga qaytishi kutilmoqda. Albatta, kelgusi uchrashuvga jamoani Kapadze boshlab tushadi.

Ikkita darvozabonimizda jarohat bor edi. Umuman olganda, Olimpikda birinchi darvozabon yoki ikkinchi darvozabon degan tushuncha mavjud emas. Ularning har biri jamoaga yordam bera oladi.

Albatta, qizil kartochka o‘yinning borishini o‘zgartirib yubordi. Raqibning yetakchi futbolchilaridan biri qizil kartochka olishi bizning imkoniyatlarimizni yanada oshirdi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb