Superliga-2023 eng chiroyli golini urgan O‘rinboyev o‘z sovrinini qabul qilib oldi

Superliganing 2023-yilgi mavsumi yakunlariga ko‘ra Ruben Xebay eng yaxshi futbolchi va Vitaliy Levchenko eng yaxshi murabbiy sovrinlarini qabul qilib olgandi. 

Eng chiroyli gol sovrini uchun ham kurash qizg‘in kechgan bo‘lib, yakunda Metallurg futbolchisi Zabihillo O‘rinboyevning So‘g‘diyona darvozasiga kiritgan to‘pi ekspertlar tomonidan mavsum goli deb topilgandi. Biroq sovrin egasi uzoq vaqt Toshkentda bo‘la olmaganidan kelib chiqib, Liga xabarni kechroq e’lon qildi. 

Zabihillo O‘rinboyev o‘tgan yilgi mavsum so‘ngida jiddiy jarohat olib safdan chiqdi va uzoq muddat xorijda davolandi. Mazkur hafta futbolchi va nihoyat o‘z sovrinini qabul qilib oldi. Liga O‘rinboyevga tezroq sog‘ayib, yashil maydonga tez kunlarda qaytishini tilab qoladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb