O‘zbekiston Superligasi 7-turi doirasida o‘z maydonida OKMKga imkoniyatni boy bergan Lokomotiv klubi bosh murabbiyi Aleksandr Stoymirovich mag‘lubiyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Bugun mag‘lubiyatga loyiq o‘yin ko‘rsatmadik. Kamida durang o‘ynashimiz kerak edi. O‘yin borasida kuchsiz emasdik. Ammo, Navbahor bilan o‘yindagidek kabi raqibning ikki top zarbasi golga aylandi. OKMK juda tajribali jamoa. Bir necha mavsumlar davomida birga o‘ynab kelayotgan futbolchilar bor. OChLda ikki marta o‘ynashdi. Bugungi o‘yin uchun shogirdlarimga e’tirozim yo‘q. Futbolchilar borlarini berib o‘ynadilar.
Qayerdadir sifat, qayerdadir tajriba yetishmayapti. Proligadan Superligaga chiqqanimizdan keyingi yil albatta qiyin bo‘lishi haqida avvalroq aytgandim. Kamchiliklar va xatolar ustida ishlaymiz. Selektsiya ishlarini olib boramiz. Bugun mag‘lub bo‘lgan bo‘lsakda, pozitiv holatlar ham bor. Aniqrog‘i, bugun “Lokomotiv” safida o‘ynagan ikki nafar yosh futbolchimiz – Sherzod Komilov va Abdulloh Yo‘ldoshevni katta futbolga qadam qo‘yishdi deya olaman. Ular jamoamizning kelajagi. O‘z tarbiyalanuvchilarimiz. Ular jamoaning umidi va kelajagi deb aytishim mumkin. Shuningdek, Laziz Mirzayev haqida ham shunday deya olaman.
Barchasi faqatgina murabbiy bilan bog‘liq emas. Futbolda shuningdek, futbolchilarning individual mahorati ham juda katta ahamiyatga ega. Jarohat olib safdan chiqqan futbolchilarning o‘rnini to‘ldirishda muammo bor. Barcha ham bir xil saviyada emas. Mirzaev borasida aytgan fikrlarimni qaytarishim mumkin. U hali o‘z imkoniyatiga ega bo‘ladi. Barchada tarkibga kirishga imkoniyat bor.
Inqiroz, qandaydir salbiy holatlar haqida fikrlar yangrashi normal holat. Biz ham g‘alaba qozonishni istaymiz. Hozirgi vaziyatimiz qiyin bo‘lsada, uni engishga harakat qilamiz. Rahbariyat bilan boshqa mavzuda gaplashmadik. Mehnat qilayapmiz, ish davom etadi. O‘ylaymanki, hammasi hali oldinda.