Fevzi Davletov: Nimeliga biroz vaqt kerak

Superliga 7-turidan o‘rin olgan Surxon – Dinamo (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Birinchi bo‘lim nazoratimiz ostida o‘tdi. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik, shunchaki ulardan foydalanish kerak edi. Kiritilgan goldan so‘ng himoyaga e’tibor qaratdik. Men futbolchilarga bunday qilish to‘g‘ri emasligini doim ta’kidlab kelaman. Tanaffusdan keyin ham birinchi taymdagi tempni saqlab qolish kerak edi.

Nimeli tiklanish jarayonida. Bunyodkorga qarshi bahsda jismoniy jihatdan biroz oqsadi. Unga biroz vaqt kerak. Karimovni esa vaqtliroq maydonga tashlasak bo‘lardi.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb