Vadim Abramov: Tushunarsiz gol o‘tkazib yubordik

Superliga 7-turidan o‘rin olgan Surxon – Dinamo (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Birinchi bo‘lida o‘yinimiz chiqmadi. Uchrashuv oldidan qilgan rejalarimiz amalga oshmadi. Ikkinchi taymda esa katta ustunlikka erishdik. Tushunarsiz gol o‘tkazib yubordik. Shundan so‘ng bor diqqatimizni hisobni tenglashtirishga qaratdik. Afsuski, g‘alaba uchun vaqt kamlik qildi.

Tanaffusda zaxiraga olingan futbolchilar biz ulardan kutgan o‘yinni ko‘rsata olishmadi. Qolaversa, bahsning borishi ham o‘zgarish qilishni talab qildi. Zaxiradan maydonga tushganlar esa o‘yinni kuchaytirishdi. Umuman olganda, bunday holatlar bo‘lib turadi.

Ratinyo Surxonga qarshi bahsda ishtirok etishiga umid qilgan edik. U mashg‘ulotlarga qo‘shildi, ammo o‘zini yomon his qildi. Hozir nimadir deya olmayman. Afsuski, biz kubokdan ham chiqib ketdi, futbolchimizdan ham ayrildik.

O‘yinimiz yaxshi bo‘lsa, natija ham uzoq kuttirmasligi lozim. O‘zimiz ham bunday vaziyatga tushib qolishimizni kutmagan edik. Darvozabonimiz keraksiz joyda xato qildi. Bu ruhiy holat bilan bog‘liqmi, bilmadim. Ammo vaziyatni o‘nglashga intilamiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb