O‘tkir Yusupov hamda Abror Ismoilov harakatlarini O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi ko‘rib chiqadi

Superliga 7-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Navbahor” uchrashuvi yakuniga yetganidan so‘ng “Navbahor lochinlari” futbol klubi o‘yinchilari – O‘tkir Yusupov hamda Abror Ismoilov raqib jamoa muxlislariga qarata nomaqbul xatti-harakatlarni amalga oshirgan. 

Liga komissarining bildigisi asosida ularning ishi O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasiga oshiriladi. 

O‘zbekiston Professional futbol ligasi barcha futbolchilar, murabbiylar, shuningdek jamoalar rasmiylarini professional bo‘lishga chaqiradi. Liga bayrog‘i ostida o‘tkaziladigan uchrashuvlar davomida etika hamda o‘zini tutish qoidalaridan chetga chiqqan har qanday rasmiy shaxs tegishli tartibda jazolanadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb