Vitaliy Levchenko: Bunday muhitda o‘ynash yoqimli

Superliga 7-turidan o‘rin olgan Neftchi – Andijon (2:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘yin derbiga xos bo‘ldi. Muhit Italiya yoki Frantsiyadagi singari bo‘ldi. Muxlislar tomonidan yaratilgan bunday atmosferada futbolchi istasa, istamasa oldinga boradi. Bunday muhitda o‘ynash yoqimli. 0:2 dan so‘ng qayta oldik. Har ikkala jamoa muxlislari ham derbidan zavq olishdi, deb o‘ylayman.

Andijonda bo‘ydor himoyachilar mavjud. Birinchi bo‘limda Effiong ular bilan ko‘p bor kurashga kirishdi. Ikkinchi taymda esa ular biroz charchadi va biz tezkor futbolchilarni maydonga tashladik. Ular biz istagan tezlikni, biz istagan pressingni qo‘shishdi. O‘yinning borishini o‘zgartira oladigan futbolchilar borligi bu yaxshi.

Oldingi chiziqda kreativlik yetishmadi. Birinchi bo‘limda imkoniyatlar bo‘ldi. Ulardan foydalanish lozim edi. Norchayevning yo‘qligi ham sezildi. U maydonga qaytishi uchun 10 kun kerak.

Karpda sog‘lig‘i bilan muammolari bor. U jarohati bilan maydonga tushdi. G‘ulomovda ham jarohat mavjud.

mib
uzcard
cola
apex
bmb