Aleksandr Xomyakov: G‘alabani saqlab qola olmaganimizdan afsusdaman

Superliga 7-turidan o‘rin olgan Neftchi – Andijon (2:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

G‘alabani saqlab qola olmaganimizdan afsusdaman. Afsuski, kiritilgan goldan so‘ng o‘yin nazoratini saqlab qola olmadik. G‘alaba qozonishni juda ham istagan edik. Bu juda ham qayg‘uli.

Birinchi bo‘limda yaxshi himoyalandik. Raqibga bir marta zarba berish imkonini qoldirdik. Qanotdan oshirilgan uzatmalarni ham bartaraf etdik. Ikkinchi bo‘limda ham shu uslubni saqlab qolishni rejalashtirgan edik. Balki, kiritilgan ikkinchi gol ruhiy jihatdan ta’sir ko‘rsatgandir. Bu haqida o‘ylab ko‘rish kerak. Men agressiv futbol ko‘rsatishni ta’kidlagan edim.

Futbolchilarga e’tirozim yo‘q, ular harakat qilishdi. Hali ko‘p o‘sishimiz lozim. Ular orasidan kimnidir eng yaxshi deb tanlay olmayman.

Abdug‘aniyev hamda Bekmurodovning zaxiraga olinishi? Buni ularning o‘zlari so‘radi. Ular charchagan edilar.

Biz intensiv futbol ko‘rsatamiz. Men jamoadagi muammolarni yaxshi bilaman. Ishontirib aytamanki, jismoniy jihatdan ko‘rsatkichlarimiz yaxshi. Yuqoridagi muammolarni yopsak, katta sakrashga erishamiz. Hozircha esa kichiq qadamlar bilan kifoyalanamiz.

Neftchining oldiga chempionlik vazifasi qo‘yilgan va shunga mos tarkib jamlangan. Bizning jamoamizdagi futbolchilar esa daraja jihatdan farq qiladi. Bizning jamoa asosan yoshlardan tashkil topgan. Ularning ayrimlari uchun Superligadagi ilk mavsum sanaladi. Ularga biroz tajriba kerak.

mib
uzcard
cola
apex
bmb