Samvel Babayan: Har bir seriya qachondir poyoniga yetadi

Superliga 7-turidan o‘rin olgan So‘g‘diyona – Navbahor (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Bugun Superligadagi eng qiziqarli bellashuvlardan biriga guvoh bo‘ldik. Qulay hisobda g‘alaba qozonayotgan edik, afsuski, yakun biroz asabiy o‘tdi. Aynan shunday uchrashuvlar jamoani kuchli qiladi. Jamoa 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va musobaqa jadvalida peshqadamga aylanib oldi.

Har bir seriya qachondir poyoniga yetadi. Futbolchilar mehnat qilishdi. Natija biz uchun qulay edi va shu sababli ushbu himoyaga ko‘proq e’tibor qaratdik. G‘alaba qozonishimiz zarur edi.

Jiyanov Osiyo kubogi finalida ham jarohat sabab almashtirilgan edi. U asosiy tarkib futbolchisi sanaladi. Shunchaki, uning salomatligini xavf ostiga qo‘ygimiz kelmadi va uni zaxirada qoldirdk.

Tabatadzening o‘zi zaxiraga olishlarini so‘radi. Uning o‘rniga maydonga tushgan Iminjonov esa sekin-astalik bilan tajriba to‘plab bormoqda. Jamoaga bosh bilan yaxshi o‘ynay oladigan futbolchi kerak edi. U bugun yaxshi harakat qildi.

O‘z o‘yinimiz turganda boshqa jamoaning qanday harakat qilishi meni umuman qiziqtirmaydi. To‘g‘ri, Neftchi bilan bahs derbi maqomiga ega, ammo Neftchi ham barcha singari jamoa. Mavsum boshidan buyon barcha jamoalar Navbahorga qarshi alohida tayyorgarlik ko‘rishadi. Bugungi bellashuvni tahlil qilib chiqamiz va keyingina kelgusi raqibning kuchli yoki kuchsiz jihatlarini o‘rganamiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb