Ivan Boshkovich: O‘yin jihatdan Navbahordan yaxshi edik

Superliga 7-turidan o‘rin olgan So‘g‘diyona – Navbahor (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Bugungi uchrashuvda meni faqat natija qanoatlantirmadi. O‘yin bo‘yicha biz yaxshi harakat qildik, ayniqsa ikkinchi taymda. Birinchi bo‘limda ham yomon o‘ynamadik, raqib yaxshiroq himoyalandi. Tanaffusda yigitlarga barchasini tushuntirib berdim. Ikkita to‘p o‘tkazib yuborganimizga qaramay ishtiyoqimiz so‘nmadi. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik, yigitlar xarakter ko‘rsatishdi. Bahs so‘ngida bitta gol urdik, ammo bellashuvda burilish yasashga vaqt yetmadi. Ko‘rsatgan o‘yinimiz bilan mag‘lubiyatga munosib emasdik.

Navbahorga qarshi avvalgi ikki o‘yini taqqoslash to‘g‘ri emas. Jamoalar, futbolchilar umuman boshqa. Oldingi uchrashuvlarda ular nisbatan ochiq futbol ko‘rsatishgan edi. Bugun esa penaltidan so‘ng himoyaga ko‘proq e’tibor qaratishdi. Navbahorda yaxshi futbolchilar jam bo‘lgan, ammo o‘yin bo‘yicha ulardan ustun edik. Biroq har doim ham yaxshi o‘yin ko‘rsatgan jamoa g‘alaba qozonavermaydi. Namanganda o‘tadigan bahsda yaxshiroq natija qayd etishna intilamiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb