Paxtakor-79 jamoasi Birinchi ligadan chetlashtirildi

Avvalroq Liga Paxtakor-79 minimal talablarni bajarishi uchun o‘z yordamini taqdim etgani hamda yetarlicha imkoniyat bergani haqida ma’lum qilingandi. Bularning bari Angren katta futboldan uzilib qolmasligi uchun edi. 

Shunga qaramay, Paxtakor-79 jamoasining xorijlik investori O‘zbekiston qonunchiligi asosida faoliyat olib borishni eplay olmadi. Mavjud holatni inobatga olib, Liga jamoani Birinchi liga o‘yinlaridan chetlashtirishga qaror qildi. 

Mavsum avvalida Paxtakor-79 bilan shartnoma imzolagan futbolchilar Birinchi liganing istalgan boshqa jamoasida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Ularning ehtimoliy yangi shartnomasi yoki kelishuv bitimi istisno tariqasida Liga ro‘yxatidan o‘tkazib beriladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb