Vesko Steshevich: Vaziyatlarni yakunlashda omad yetishmayapti

O‘zbekiston Superligasi 7-turi doirasida Qizilqum bilan bahsda durang qayd etgan Metallurg klubi ustozi Vesko Steshevich durang haqida o‘z fikrlarini bildildi.

Birinchi taym ancha qiziq va keskin tarzda kechdi. Taym oxirida penaltini amalga oshira olmadik. Vaziyatlar bo‘layapti. Ammo, ularni yakunlashda aniqlik yetishmayapti.

O‘yin uchun futbolchilarimga e’tirozim yo‘q. Maydonda qattiq mehnat qilishdi. Jamoa bugun yaratgan imkoniyatlarning ko‘pida Daler Sharipovga mahorat etishmadi. U asosiy tarkibga kirishib ketish uchun harakat qilmoqda. Uning harakatlari tahsinga loyiq. Hali bizga yordami tegadi.

Penalti bu lotereya va omadga bog‘liq. Ubaydullayev penalti tepish vaqtida biroz kutib qoldi. Hakam monitorga borganda vaqt ketadi va bu tepayotgan futbolchilarga ta’sir qilishi mumkin.

Bugun biz ikki ochko yo‘qotdik. Futbolchilar ham g‘alaba qozonishni juda istashyapti. Mashg‘ulotlarda qattiq mehnat qilishmoqda. Keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonish uchun harakat qilamiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb