Jamshid Saidov: Durang yomon natija emas

O‘zbekiston Superligasi 7-turi doirasida safarda Metallurg bilan durang o‘ynagan Navoiyning Qizilqum klubi ustozi Jamshid Saidov o‘yin haqida o‘z fikrini bildirdi.

Metallurg futbolchilari omadsiz kechgan o‘yinlardan keyin bugun yaralangan sher kabi maydonga tushishlarini kutgandik. Shu bois, bugun biroz himoyaviy taktika tanlagandik. Ikkinchi taym birinchisiga qaraganda ancha qiziqarli kechdi. Ikki tomon ham ochiq futbol namoyish etishdi. Durang biz uchun yaxshi natija. Har bir ochko muhim.

Diyor Rahmatilloyev bugun biroz kirishib keta olmadi. Jumanqo‘ziyev haqida ham shunday deyishim mumkin. Bunday vaziyat bo‘lib turadi. Tempga kirishib ketish qiyin kechadi. Lobjanidze hali jarohatidan to‘liq tuzalmadi. Shu bois, tavakkal qilishni istamayapmiz. U bizga keyingi o‘yinlarda hali kerak bo‘ladi.

Har o‘yinga jiddiy tarzda tayyorlanamiz. Turli raqib va shunga yarasha tayyorlanamiz. Ko‘rib turganingizdek, chempionatimiz darajasi kuchaygan. Kuchaymoqda. Oson raqibning o‘zi yo‘q.

Shahboz Jo‘rabekovning bugungi harakatlari shunchaki ehtiroslar bilan bog‘liq. Asablar, ehtiros kabi jihatlar futbolning bir bo‘lagi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb