Maksim Shatskix: Kiyim almashtirish xonamizda pozitiv kayfiyat

O‘zbekiston Superligasi 7-turi doirasida safarda Olimpik ustidan qiziqarli kechgan uchrashuvda g‘alaba qozongan Paxtakor klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix g‘alaba haqida fikr bildirdi.

Ikkinchi taym birinchisiga taqqoslaganda ancha qiziqarli va harakatchan kechdi. Umuman olib aytsak, Olimpikga qaraganda ko‘proq vaziyat yaratdik. Bugun g‘alabaga haqli edik.

Alijonovni anchadan buyon safimizga qaytishini kutyapmiz. Individual tarzda shug‘ullanib kelmoqda. O‘zi ham maydonga qaytishni kutmoqda. Dushanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shunga qarab uning qachon taxminan maydonga tushishi aniq bo‘ladi. Aslida, deyarli har bir o‘yinda futbolchilarimiz jarohat olishmoqda. Merk avvalgi o‘yinda orqa sonidan jarohat olib biroz muddatga safdan chiqdi. Futbol kontaktli sport turi. Saitov haqida ham shunday deyish mumkin. Bugun u ham ahmoqona jarohat olib maydonni tark etdi.

Cheran va Hamdamov o‘rtasidagi ziddiyat biz uchun normal holat. Maydonda bunday vaziyatlar bo‘lib turadi. Futbolchilar bir-biriga biroz qattiqroq ohangda gapirishlari mumkin. Ichki muhit ajoyib holatda. Bir-birini tushunmay qolishdi. Shuning uchun o‘zaro qattiqroq ohangda gaplashishdi. Ishoning, ular hozir kiyim almashtirish xonasida hazil qilib kulishib o‘tirishibdi. Barcha futbolchilar pozitiv kayfiyatda.

Rotatsiya qilishga imkoniyatimiz chegaralangan. Ayrim futbolchilar U19 jamoasidan qo‘shilib katta futbolga kirib kelishdi. Ularga ham vaqt kerak.

mib
uzcard
cola
apex
bmb