Timur Kapadze: Mag‘lubiyatga loyiq emasdik

Superliga 7-turidan o‘rin olgan Olimpik – Paxtakor (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ikkala jamoa ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishga intildi. Birinchi bo‘lim nazoratimiz ostida o‘tdi. Ikkinchi taymda esa sherlar ham imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Hisobni tenglashtirgach, darvozamizdan yana to‘p olib chiqqanimiz alamli bo‘ldi. Umuman olganda, yigitlar yaxshi harakat qilishdi va ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Paxtakor ikkinchi bo‘limda ancha o‘yinga qo‘shdi va biz qarshi hujumda harakatlana boshladik. Raqib yaxshi himoyalandi deya olaman. Ikki taymda ham yaxshi o‘ynadik, ammo turli xil futbol namoyish etdik. Tanaffusdan keyin jamoalar ancha ochildi va vaziyatlar paydo bo‘la boshladi. Gollarni individual xatolar sababli o‘tkazib yubordik. Mag‘lubiyatga loyiq emas edik.

Kubok bellashuvlaridan keyin o‘rtada pauza bo‘ldi. O‘tgan turni qo‘yib yubordik.  Bog‘lamlar va o‘zaro tushunish bo‘yicha kichik muammolar kuzatilgan bo‘lishi tabiiy. Bu uchrashuvga 4 kun tayyorgarlik ko‘rdik. Bu jihatlar uchrashuv davomida sezildi, deb o‘ylamayman.

mib
uzcard
cola
apex
bmb