Vitaliy Levchenko: G‘alabaga yana bir gol kamlik qildi

Superliga 6-turidan o‘rin olgan Qizilqum – Neftchi uchrashuvidan so‘ng farg‘onaliklar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik. To‘pni, umuman uchrashuvni nazorat qildik va gol kiritdik. Ikkinchi taymda esa o‘yinni tashlab yubordik va hisobni saqlashga intilib, yakunda uni qo‘ldan chiqardik.

Norchayev termadan tizzadagi jarohati bilan qaytdi. Shu sababli u Toshkentda qoldi va tekshiruv natijalaridan keyin uning holati qay darajada ekanini bilib olamiz.

Kubok finali Farg‘onada bo‘lib o‘tadi. Ammo ungacha hali vaqt bor. Endigina guruh bosqichi yakuniga yetdi. Albatta, har bir jamoa finalni o‘z maydonida, muxlislari qarshisida o‘tishini istaydi.

G‘ofurov tanaffusda o‘zini noxush sezdi va shu sababli uning o‘rniga Safarov maydonga tushdi. Neftchiga nima yetishmadi? Yana bir gol. O‘tkazib yuborilgan golda aynan biror futbolchini ayblashni istamayman. O‘yinni tahlil qilib chiqish lozim. Albatta, raqib futbolchisiga zarba yo‘llashiga imkon qoldirdik. Bu bizning xatomiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb