Superliga 6-turidan o‘rin olgan Qizilqum – Neftchi uchrashuvidan so‘ng navoiyliklar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Og‘ir uchrashuv bo‘ldi. Birinchi taymda ustunlikni qo‘lga olishni istadik. Afsuski, bu o‘xshamadi va xatolikdan so‘ng to‘p o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda esa barchasini o‘zgartirdik va so‘nggi daqiqada gol kiritdk. Chempionlik uchun kurashayotgan jamoa bilan bahsda durangga erishdik. Futbol xatolarsiz bo‘lmaydi, albatta.
Legionerlar o‘zlarini oqlashmoqda. Lobjanidze ham endi formaga kirib bormoqda. Bu borada hech qanday muammo yo‘q.
Barcha bellashuvlarimizni safarda o‘tkazmoqdamiz. Qarshidagi stadion ajoyib, shahardagilar futbolsevar, ammo bu yer baribir bizning stadion emas. Muxlislarsiz o‘ynash qiyin. O‘z uyingda devorlar ham yordam beradi, deyishadi.