Ivan Boshkovich: Ajoyib atmosferada o‘ynash yoqimli

O‘zbekiston Superligasi 6-turi doirasida safarda Andijonni kichik hisobda mag‘lub etgan So‘g‘diyona klubi ustozi Ivan Boshkovich jamoasi g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

Ochig‘ini aytsam, bunday atmosferada o‘ynash juda yoqimli. Bunday o‘yinlar O‘zbekiston chempionati uchun juda kerak. Bunday raqib maydonda g‘alaba qozonish esa ikki hissa yoqimli.

Bugun haqli g‘alabaga erishdik deyishim mumkin. Standartlarda, boshqa muhim jabhalarda ustunlik qildik. Raqibimiz juda yaxshi shakllangan jamoa. Ularga qarshi juda qiyin o‘yin bo‘lishini bilgandik. Bunga tayyor edik.

Albatta, bunda atmosfera mehmon jamoaga ta’sir qiladi. Standartlarda, uzun paslar amalga oshirilayotganda. Umuman, barcha jabhada buni his qilish mumkin. Bu o‘ziga hos bosim. Buni tan olish lozim. Ammo, shunga qaramay, bugun raqibga qaraganda yaxshiroq o‘ynadik va g‘alaba qozondik. G‘alabaga haqliroq edik. Buni aniq ayta olaman.

Men ham albatta murabbiy sifatida ehtiroslarga berilaman. Bu tabiiy hol. O‘yinlar davomida kimgadir qattiq gapirsam, barchasi ehtiroslar sabab. Bu normal va futbolda doim bo‘lib turadigan holat. Buni to‘g‘ri tushunishingiz kerak.

mib
uzcard
cola
apex
bmb