Aleksandr Xomyakov: Raqib g‘alabaga munosib edi

O‘zbekiston Superligasi 6-turi doirasida o‘z maydonida So‘g‘diyonaga kichik hisobda mag‘lub bo‘lgan Andijon klubi ustozi Aleksandr Xomyakov mag‘lubiyat sabablari haqida gapirdi.

Ochig‘i, g‘alabaga loyiq o‘yin namoyish etmadik. Umuman o‘ynay olmadik. Gol urish uchun vaziyat yarata olmadik. Raqibni tabriklayman, ular bugun g‘alabaga loyiq edilar. Bunday o‘yinlarda bir gol o‘yinni hal etishi mumkin. Bu golni bugun raqibimiz urdi.

Havodagi kurashlarni to‘liq yutqazdik. Raqib ajoyib tarzda himoyalandi. Tartibli o‘ynab g‘alabani ushlab qola oldi.

Bekmurodov sariq kartochka olgani uchun tavakkal qilmay almashtirishga qaror qildik. Uning xarakterini bilganimiz uchun shunday qildik. Bunday o‘yinlarda tavakkal qilib bo‘lmaydi. Maydonda kamchilik bo‘lib qolishimiz mumkin edi. Shuning uchun zaxiraga oldik. Sababi shu. Umuman olganda bugungi o‘yin uchun futbolchilarga e’tirozim yo‘q. Ular bugun borini berib o‘ynadilar. Mag‘lubiyat sabablarini tahlil qilamiz. Bizga balki dars bo‘ldi deyish mumkin.

Esanovga hali biroz tajriba yetishmayapti. U hali yosh va bunday yoshdagi o‘yinchilarda bunday holatlar uchrab turadi. Bu kabi yoshda futbolchilardan har bir o‘yinda ijobiy natija kutish biroz noto‘g‘ri. Ular hali o‘sadi va shunda natija kutish mumkin. Barqarorlik yetishmayapti.

Bugun afsuski chap qanotda harakat qiladigan futbolchi yo‘q edi. Aniqrog‘i, jamoada umuman chapaqay futbolchi yo‘q. Jamoada mavjud futbolchilarga umid qilamiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb