O‘zbekiston kubogida guruh bosqich bahslari o‘z yakuniga yetdi. Ushbu bosqichda 32 jamoa ishtirok etgan bo‘lsa, faqatgina Mash’al klubi har uchchala o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlashga erishdi.
Muborakliklar F kvartetida OKMK (1:0), Buxoro (0:0) va Aral akademiya (8:0) bilan kurash olib bordi va 7 ochko bilan peshqadam bo‘ldi.
Guruh bahslarida eng ko‘p to‘p kiritgan OKMK klubi (18 ta) musobaqadagi yurishini ushbu bosqichda yakunladi.
Guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunlashni faqat ikki jamoa – So‘g‘diyona va Aral uddaladi.
Nukusning Aral akademiya jamoasi uchta turda 31 ta to‘p o‘tkazib yubordi.