O‘zbekiston kubogida 3-tur bahslari davom ettirildi. Andijon jamoasi Bobur arenada Nasafni qabul qildi va Bektemir Abdumannonovning yagona goli evaziga zafar quchib, guruhda 2-o‘rinni egalladi. Shu tariqa, amaldagi g‘olib – Nasaf musobaqadagi yurishini ushbu bosqichda to‘xtatdi.
Parallel tarzda kechgan Dinamo – Navbahor qarama-qarshiligida esa kuchlar teng keldi – 1:1.
O‘zbekiston kubogi. 3-tur