Paxtakor-79 jamoasining xorijiy investori bilan bog‘liq qator muammolar mavjud. Liga unga so‘nggi imkoniyatni taqdim etib, MChJ O‘zbekiston qonunlari asosida yurtilishi shartligi, buxgalteriya hisoboti qay tartibda amalga oshirilishi yuzasidan kerakli ko‘rsatmalar bergan. Qo‘shimchasiga, mazkur masalalarda ko‘maklashish uchun jamoaga ikki nafar mutaxassis biriktirilgan.
Shunga qaramay, Paxtakor-79 talabni o‘z vaqtida bajargani yo‘q. Jamoada oylik-maoshlar to‘lash va umuman moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolar mavjud. Mana shularni inobatga olgan holda Liga Angrenga o‘z rasmiylarini yubormadi. Jamoa bir necha kun ichida vaziyatni o‘nglashi talab etiladi. Aks holda Paxtakor-79 musobaqadan chetlashtiriladi.